8-sinf biologiya › Nafas olish sistemasi
21-mavzu. Oʻpka va toʻqimalarda gazlar almashinuvi
„Odam va uning salomatligi“ — Tanalab 3D darsligi
Alveolalar devori juda yupqa va mayda qon tomirlari bilan oʻralgan; gazlar diffuziya yoʻli bilan almashinadi. Nafas olinadigan havoda 20,94 % kislorod va 0,03 % karbonat angidrid, chiqarilgan havoda esa 16,3 % kislorod va 4 % karbonat angidrid boʻladi. Toʻqimalarda kislorod qondan hujayralarga, karbonat angidrid esa hujayralardan qonga oʻtadi.
Mavzu atamalari
- Diffuziya
- Moddalarning koʻp joydan kam joyga oʻz-oʻzidan oʻtishi.
- Tashqi nafas
- Alveola bilan qon oʻrtasida gazlar almashinuvi.
- Toʻqima nafasi
- Qon bilan hujayra oʻrtasida gazlar almashinuvi.
- Oʻpka ventilatsiyasi
- Oʻpkadagi havoning yangilanib turishi.